Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 42 turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartibini bekor qiluvchi farmonni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi va bu O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yuritish ishini ancha yengillashtirmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalarida bir necha turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish talab etiladiki, bu tadbirkorlik sub'yektlari uchun ortiqcha sarsongarchilik va moliyaviy xarajatlarni orttiradi. Farmon bilan litsenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish mexanizmini soddalashtirish maqsadida, shuningdek 38 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini 17 turga birlashtirish nazarda tutilmoqda.
Byurokratik g‘ovlarni olib tashlash, tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 25 turdagi litsenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari ichki rasmiylashtirish tartib-taomillarini maqbullashtirish evaziga qisqartirilmoqda, shuningdek 9 ta turdagi faoliyatni litsenziyalash tartibi litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga topshirish yo‘li bilan soddalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, 5 turdagi litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyalar respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, Farmonda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 19 turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Muhim yangiliklardan biri bu tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishidir.
Davlat siyosatining belgilanayotgan muhim ustuvorliklari va asosiy vazifalaridan kelib chiqib, huquqni qo‘llash amaliyotini, milliy qonunchilik va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini tahlil qilish asosida, mazkur hujjat bilan 42 turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 18.04.2026
Prezident farmoni: ayrim oilalarga kommunal imtiyoz beriladi
10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»
23:58 / 22.09.2020