Şu yilning 11 aprel kuni soat 17.05larda Farğona viloyatining Buvayda tumanidagi “Qöqon-Buvayda” temir yöl bekatlari oraliğining 9-10 km.da 59-sonli “Andijon-Toşkent” tezyurar yölovçi poyezdi vagoniga noma'lum şaxs tomonidan toş otilişi oqibatida vagonning deraza oynasi singan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, baxtli tasodif tufayli heç kim jarohatlanmagan. Ayni vaqtda huquqbuzarni aniqlaş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

«Bunday holatlar açinarli albatta. Aksariyat şu kabi nojöya işlarni voyaga yetmagan, hayot tajribasiga ega bölmagan, öz qilmişining oqibatini fahmlamaydigan yoşlar sodir etadilar. Şuning uçun ota-onalardan öz farzandlariga e'tiborli bölişlarini sörab qolamiz. Ularni bunyodkorlik ruhida tarbiya qiling, özgalarning fojiasiga sababçi bölib qolmang», - deyiladi IIV xabarida.