
2018 yil 12 aprel kuni, Özbekistondagi AQŞ elçisi Pamela Spratlen xonim Farğona vodiysi böylab öz taşrifi davomida MÇJ «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ldt.» Özbek-Amerika qöşma korxonasining Namangan filialiga taşrif buyurdi.
Korxonaning Namangan filiali 1997 yildan buyon vodiy aholisini dunyoga maşhur bölgan brend - «Coca-Cola» salqin içimliklari bilan ta'minlab kelmoqda.
Elçini, kompaniyaning Boş direktori Normatov Faxriddin Töyçiyeviç va Namangan viloyati hokimligi vakillari kutib oldilar.

Taşrif davomida korxonaning işlab çiqariş jarayoni, işçi xodimlarga yaratilgan şart-şaroitlar, mahsulot sifatiga beriladigan e'tibor haqida ma'lumot berildi.
Joriy yilning birinçi çoragida korxonaga 1 million yevrodan ortiq investitsiya kiritilgan bölib, Germaniyaning KRONES kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, zamonaviy şişa idiş yuviş uskunasi örnatilganligi haqida ham ma'lumot berildi.

Spratlen xonim işlab çiqariş jarayoni va Namangan zavodining umumiy holatini va 130 yildan buyon salqin içimliklar bozorida maşhur bölib kelayotgan «Coca-Cola» içimligining sifatiga alohida e'tibor berilayotganligini yuqori baholadi.
AQŞ elçisi taşrifi nihoyasida öz mamnuniyatini ifodalagan holda, korxona xodimlariga salqin içimliklar bozorida yuqori örinlarga erişişida omad tilab, özaro mustahkam hamkorlik aloqalarini örnatiş istagini bildirdi.

Ma'lumot örnida korxonaning Namangan filialida 260dan ortiq işçi va xodimlar işlab kelmoqda va korxona 4 ta xalqaro ISO 9001:2008, ISO14001:2004, OHSAS 18001:2007 va FSSC 22000 standartlar böyiça sertifikatlarga ega.











