Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Sirdaryoda loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Social web solution” dasturiga alohida e'tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratadi.
Davlat rahbari dastur tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta'kidladi.
Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va ko‘nchilikni rivojlantirish, sholi yetishtirish, lalmi va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026