Suriya prezidenti Başar Asad AQŞ, Britaniya va Fransiya tomonidan berilgan raketa zarbalaridan söng ilk bayonot bilan çiqdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Uning sözlariga köra, bu hujum Suriya xalqining terrorizm bilan kuraşdagi birdamligini faqatgina kuçaytiradi.

Turli xabarlarga köra, Damaşq aholisi AQŞ, Britaniya va Fransiyaning Suriya hududiga qarata berilgan zarbalaridan söng köçalarga çiqqan. Ular bayroqlarni kötarib olgan va Suriya armiyasi, hukumat hamda prezident Başar Asadni qöllab-quvvatlovçi şiorlarni hayqirişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaga zarbalar berilganidan söng Asad tasvirlangan ilk video e'lon qilingandi.