Jahon | 13:03 / 14.04.2018
36678
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaga zarbalar berilganidan so‘ng Asad tasvirlangan ilk video e'lon qilindi

Suriya prezidenti Bashar Asad tasvirlangan videoyozuv Suriya yetakchisining rasmiy Telegram-kanalida e'lon qilindi

Videoyozuv Suriya hududiga berilgan zarbalardan bir necha soat o‘tib joylashtirilgan, unga quyidagi izoh qo‘yilgan - «Sukunat tongi». Videoyozuvda Suriya rahbarining prezidentlik saroyiga kirishi tasvirlangan.

Rolik sakkiz soniya davom etgan, unda Asad chamadon bilan o‘z ish joyiga qarab ketayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya hukumati AQSh, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nishoniga aylangan harbiy obektlarni avvaldan evakuatsiya qilishga ulgurgani, bu haqidagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid