Buyuk Britaniya bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mark Sedvill Rossiya maxsus xizmatlari Rossiya Bosh razvedka boshqarmasining (GRU) sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya ortidan kamida 5 yil kuzatuv olib borishganini ma'lum qildi. Bu haqda tvitterda Press Association ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, Sedvill bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergga maktubda ma'lum qilgan.

“Rossiyalik maxsus xizmatlar sobiq agent Sergey Skripal va uning qizi ortidan kamida 5 yil kuzatuv olib borgan”, deb aytilgan xabarda.