Kanadaning Bombardier maşinasozlik kompaniyasi Özbekiston bozoriga kirib keliş niyatida. Bu haqda Spot yozmoqda.

Kompaniyaning şartnomalar böyiça direktori Martin Hermanning sözlariga köra, Bombardier imtiyozli kredit şartlari asosida samolyotlarni sotib olişda yordam berişga tayyor:

«Kanada Eksportni rivojlantiriş agentligi xarid miqdorining 85 foizini qoplaş uçun 12 yil muddatga kredit berişi mumkin», - deya aytib ötgan Herman. 

Uning sözlariga köra, lizing paketlari doirasida hamkorlik qiliş va Özbekistonda alohida ehtiyot qismlar işlab çiqarişni taşkil etiş masalasi ham körib çiqilişi mumkin.

«Biz yaqin kelajakda öz mahsulotimizni namoyiş etişni va hamkorlik yönalişlarini muhokama qilişni rejalaştirmoqdamiz», - deya xabar qilgan Herman. 

Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekiston havo yöllari» Bombardier samolyotlarini xarid qilişi mumkin ekani xabar berilgandi.