Kawasaki Heavy Industries Özbekistonda tabiiy gazdan benzin işlab çiqariş böyiça zavod quradi, deya xabar qilmoqda Spot «Tahlilnoma» körsatuviga asosan.
Yaponiya korporatsiyasi vakillarining sözlariga köra, Kawasaki Heavy Industries Özbekiston bozoridagi öz mavqeini kengaytiriş niyatida:
«Biz Yaponiya hukumati moliyaviy vositalarini jalb qiliş orqali GTG texnologiyasi böyiça tabiiy gazdan benzin işlab çiqaradigan zavod quriş masalasini örganmoqdamiz», - deya xabar berişgan kompaniyadan.
Ma'lum bölişiça, yaqin vaqt içida kompaniya delegatsiyasi loyihani birgalikda amalga oşiriş masalasini muhokama qiliş uçun Özbekistonga taşrif buyuradi.
Kawasaki Heavy Industries, Ltd – Yaponiyaning Kobe va Tokio şaharlarida boş qarorgohlarga ega bölgan korporatsiya, dunyodagi eng katta sanoat konsernlaridan biri. Dastlab kompaniya kemasozlik bilan şuğullangan, ammo hozirgi vaqtda asosiy mahsulotlari - sanoat robotlari, gidrosikllar, traktorlar, poyezdlar, dvigatellar, qurollar, yengil samolyotlar va vertolyotlar, şuningdek, Boeing, Embraer va Bombardier Aerospace samolyotlari uçun ehtiyot qismlari.

















