Telegram advokatlari jamoasi FXX va Roskomnadzor bilan kelişmovçilikda messenjer yaratuvçi Pavel Durov tomonidan qöyilgan minimal vazifani bajardi. Bu haqda duşanba kuni, Rossiyada servis bloklana boşlanganidan söng, Telegram manfaatlarini himoya qiluvçi vakillardan biri Pavel Çikov aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Durov, 2017 yilning oktabrida messenjer manfaatlarini himoya qiliş işini huquqşunoslarga topşirib, minimal vazifani qöygan – bloklaş haqidagi qarorni heç bölmasa 2017 yil oxirigaça keçiktiriş.
«Nima bölgan taqdirda ham, bloklaş olti oyga keçiktirildi, FXXning birinçi sörovi yuborilganiga esa töqqiz oy ötdi. OAVda vaziyat haqida ön minglab xabarlar paydo böldi. Xususiy yozişmalar daxlsizligi masalasi kun tartibiga kirdi, - deya yozgan Çikov özining Telegram-kanalida. - Işimizning dastlabki bosqiçi yakunlandi deb hisoblaymiz, biroq oldimizda hali köplab muhim qadamlar turibdi; heç kim rivojlanişni töxtata olmaydi».
Advokatning qöşimça qilişiça, hozirgi paytda Taganskiy sudining bloklaş haqidagi qaroriga qarşi şikoyat tayyorlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Telegram’ni Rossiyada bloklay boşlaşgani xabar berilgandi.












