Roskomnadzor vakillari Rossiyadagi aloqa operatorlariga Telegram messenjeriga kiriş çeklanayotgani haqida ma'lumot jönatdi. Bu haqda idora öz saytida xabar bergan.

«Roskomnadzorga Taganskiy tuman sudining Rossiya hududida Telegram Messenger Limited Liability Partnership ma'lumotni internetda tarqatiş taşkilotçisi internet-resurslariga kiriş çeklangani haqidagi qarori kelib tuşdi. Şu sababdan uşbu internet-resurslar haqidagi ma'lumot duşanba, 16 aprel kuni aloqa operatorlariga – kirişni çeklab qöyiş maqsadida yuborildi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Telegram asosçisi Pavel Durov Moskva şahar Taganka sudining Rossiya hududida messenjerni bloklaş haqidagi qaroriga izoh bergandi.

Mavzuga oid: Telegram’ning Rossiyada bloklanişi Özbekistonga qanday ta'sir qiladi?