Muz yomg‘ir sababli yo‘llarning kuchli muzlashi oqibatida kun davomida 550 dan ko‘proq yo‘l transport hodisasi yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlar qurbonlarga olib kelmagan. Mahalliy huquq-tartibot idoralarining aytishicha, yo‘l transport hodisalarining barcha ishtirokchilari mayda jarohatlar olishgan.
Shuningdek, yomon ob-havo sharoiti Pirson xalqaro aeroportidagi 250ga yaqin aviareysning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida 6 mingga yaqin mahalliy aholi elektrsiz qolgan.











