FTB sobiq rahbari Jyeyms Komining aytişiça, Qöşma Ştatlar amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallaş uçun «ruhan töğri kelmaydi». Bu haqda u ABC News’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Men u tibbiy jihatdan prezident bölişga qodir emas, deb öylamayman. Mening fikrimça, u prezident bölişga ruhan töğri kelmaydi», - deya ma'lum qilgan Komi.

Komining jurnalist savoliga qaytargan javobida tasdiqlaşiça, Trampni yolğonçi deb hisoblaydi, sababi AQŞ yetakçisi dalillarga e'tibor qaratmayapti. U misol tariqasida Trampning öz inauguratsiya marosimida avvalgi prezidentning lavozimga kirişiş vaqtidan köra köproq odamlar bölgani haqidagi bayonotini keltirgan. Bu, Komining fikriça, yolğon narsadir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Yevropa davlatlaridan çiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eşitgaç «portlagani» xabar qilingandi.