15 aprel kuni Özbekiston Kubogi 1/16 finali doirasida 8ta uçraşuv bölib ötdi. Turnirni birinçi bosqiçdayoq Superliganing ikki jamoasi - «Metallurg» va «Navbahor» tark etdi.

«Andijon» va «Navbahor» örtasida keçgan vodiy derbisida mezbonlar kiçik hisobda ğalaba qozonişdi. Mavlonovning 78-daqiqada urgan goli andijonliklarni keyingi bosqiçga olib çiqdi.

Superliganing ikki vakili – «Söğdiyona» va «Metallurg» jamoalarining özaro  bahsida omad maydon egalariga kulib boqdi.  Öyinning sönggi daqiqalarida Jahongir Abdumöminov tomonidan kiritilgan gol jizzaxliklarga ğalaba keltirdi.

Şu kuni OKMK Olmaliqda Namanganning «Norin» jamoasini bitta töp farqi bilan yengdi, «Qöqon-1912» Zominda irodali ğalabaga erişdi. Öyinda dastlab mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borişdi, öyin yakuniga qadar hisob tenglaştirildi– 2:2, qöşimça bölimlarda esa qöqonliklar bitta gol urib, keyingi bosqiçga çiqişdi.

«Lokomotiv-BFK» mehmoni bölgan «Surxon» raqibga heç qanday imkon qoldirmadi. Farhod Tojiyev dubl qayd etgan bölsa, Dilşod Xuşbaqov va Sardorbek Eminov bitta golga mualliflik qilişdi.

«Xotira-79» – «Dinamo» öyinining asosiy vaqtida ham ğolib nomi aniqlanmadi. Samarqandliklar qöşimça bölimdagi gol evaziga 1/8 finalga yöl oldi.

«Maş'al» «Istiqlol» ustidan 1:0 hisobida ustun keldi, «Şerdor» «Xorazm» darvozasiga 3ta gol urdi (3:2).

Birinçi kungi öyinlarda stadionlarga eng köp tomoşabin taşrifi Andijonda kuzatildi. «Andijon» va «Navbahor» jamoalari bahsini kuzatiş uçun stadionga 6100 nafar tomoşabin keldi. Bu borada keyingi körsatkiç Namanganda qayd etildi – «Xotira-79» va «Dinamo» jamoalari uçraşuvini 2850 nafar muxlis bevosita stadionning özidan kuzatgan. Muxlislar taşrifi borasida eng yomon körsatkiç Samarqandda kuzatildi «Şerdor» - «Xorazm» öyinida stadion tribunalarida 312 muxlis bor edi.

Bugun, 16 aprel kuni turnir ikkinçi bosqiçi doirasida yana 4 uçraşuv ötkaziladi:
16:00 «Orol» — «Ğijduvon»
16:00 «Iftixor» — «Yozyovon» 
18:00 «Şörtan» — «Neftçi»                  
19:00 «Qizilqum» — «Buxoro»      

Eslatib ötamiz, yangi formatga köra, Özbekiston Kubogining yarimfinalgaça bölgan barça bosqiçida jamoalar bitta öyin ötkazişadi.