Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya birgalikda telekanal tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda
Foto: Mitc.uz
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volinni qabul qildi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Ishlar boshqarmasi hamda Butunrossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek Rossiyaning «Rossiya Segodnya», «Pervyy Kanal», «Rossiya24» telekanallari vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, jumladan media aloqalarni rivojlantirish, xususan raqamli uzatish, texnoparklar faoliyati, raqamli iqtisodiyot va internet tarmoqlarini tartibga solish, AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni o‘rnatish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, Rossiya delegatsiyasi vakillari mamlakatning raqamli teleuzatish tizimiga o‘tkazilishi haqida ma'lumot berdilar va mazkur raqamli platformada mobil televideniye faoliyatini yo‘lga qo‘yish fikrini ilgari surdilar.
Shuningdek, tomonlar Rossiyaning «Pervyy Kanal» AJ bilan birgalikda telekanal tashkil qilish masalasini ham muhokama qildilar. Ushbu telekanal rossiyalik rejissyorlarni jalb qilgan holda o‘zbekistonlik atoqli namoyandalar faoliyati, o‘zbek olimlarining jahon taraqqiyotidagi hissasiga bag‘ishlangan hujjatli film hamda dasturlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, tomonlar muntazam ravishda davlat organlarining Axborot xizmatlari uchun maxsus forum va seminarlar tashkil qilishni kelishib oldilar, mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan hamkorlikka doimo tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57 / 31.12.2025
Aksionist Pavel Krisevich ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi
11:16 / 31.12.2025