Yaqinda Özbekiston naqd pulsiz hisob-kitob tizimida haqiqiy özgariş yuz beradi - 1 iyulga qadar mamlakatda kobeyjing kartalari joriy etiladi. Bu qanday karta ekanligi va mamlakatimiz aholisi nega buni şunça uzoq vaqtdan beri kutgani haqida Yagona umumrespublika protsessing markazi boş direktori Ahror Mahmudov ma'lumot berdi.

Kobeyjing kartalari bu - bir neça, odatda, ikkita tölov tizimi uyğunligida xizmat körsatuvçi bank kartalari. Ya'ni, u xuddi odatiy kartaga öxşaydi, farqi - undan har ikki tölov tizimi infratuzilmasida foydalaniş mumkin ekanligida, ya'ni  mahalliy va xorijiy.

«Sönggi beş oyda biz keng miqyosli loyiha ustida işlayapmiz – bu kobeyjing kartalarini tatbiq etiş. Bu degani, bitta kartada ikkita tölov tizimi birlaştiriladi, ulardan biri UzCard milliy tizimidir. Ikkinçi tölov tizimini esa ehtimoliy törttadan birini tanlaş mumkin - «China UnionPay», «MIR», «Visa» va «Master Card». Karta egasi boşqa mamlakatda uşbu kartalardan foydalanganida mablağ kerakli xorijiy valyutaga avtomatik ravişda konvertatsiya qilinadi – Özbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan örnatilgan valyutalar kursi böyiça amalga oşiriladigan  tranzaksiyada belgilangan pul miqdori avtomatik ravişda Xitoy yuani, Rossiya rubli, yevro yoki AQŞ dollariga aylantiriladi. Bunday kartalarning joriy etilişi bilan fuqarolarning konversion kartalarni oçişga bölgan ehtiyoji pasayişi mumkin, sababi konversion kartalar  özida bir qator imkoniyatlarni jamlaydi.», - deya aniqlik kiritdi YaUPM rahbari Ahror Mahmudov.

Foto: UzCard 

Uning sözlariga köra, loyihani amalga oşiriş uçun mamlakatimiz fuqarolarining talablari örganilib,  eng qulay bölgan xorijiy tölov tizimlari tanlandi. Misol uçun, agar karta egasi Xitoyga tez-tez qatnaydigan bölsa, unga UzCard va China UnionPay tizimlarini birlaştiruvçi kobeyjing kartasidan foydalaniş qulay böladi. Rossiya Federatsiyasida işlayotgan mehnat muhojirlari uçun UzCard va MIR tölov tizimlarini birlaştiriş maqsadga muvofiqdir.

«Tölov tizimlari röyxatiga «MIR»ni kiritib, biz fuqarolarimizning Rossiya Federatsiyasiga, şu jumladan, işlaş  maqsadida tez-tez qatnaşlarini hisobga oldik. Misol uçun, qölida «MIR»  va UzCard logotiplari uyğunlaşgan kobeyjing kartasiga ega bölgan mehnat migrantlari unga iş haqlarini olişlari va kerakli pul mablağini mobil ilovalar orqali Özbekistondagi oila vakillariga kiçik komissiya - taxminan 0,5% evaziga ötkazib yuborişlari mumkin. Bu pul ötkazmalarini amalga oşirişga yaratilgan muqobil variant hisoblanadi. Bundan taşqari, bu holatda komissiya Rossiyada emas, balki bizning banklarimizda yeçib olinadi», - deydi Ahror Mahmudov.