Prezidentning 13.04.2018 yildagi PQ–3666-son qarori bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini QHTBT portalida jamoatçilik muhokamasiga qöyiş hamda Prezident va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan loyihalarni Adliya vazirligi bilan kelişiş majburiyati joriy etilmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.
2018 yil 1 maydan boşlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bilan yangiça işlaş qoidalari amal qila boşlaydi.
Birinçidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (QHTBT) endi normativ-huquqiy hujjatlarning (bundan keyin – NHH) barça loyihalari joylaştiriladi.
Ilgari Vazirlar Mahkamasining 2.12.2014 yildagi 328-son qarori bilan faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişga ta'sir etadigan loyihalar böyiça bunday muhokama qiliş majburiyati belgilangan edi. U manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelişişdan oldin ötkaziladi. Bunda loyihani QHTBT portalida joylaştiriş uçun aniq mezonlar Işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini Özbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholaş tartibi töğrisidagi nizomning 4-bandida belgilangan edi.
Ikkinçidan, NHH loyihalari Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari böyiça ularni qabul qiliş maqsadga muvofiqligi töğrisidagi xulosasi mavjud bölgandagina Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoniga kiritiladi. Bunda NHH loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular manfaatdor vazirliklar bilan kelişilgandan keyin, şuningdek Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonlari tarkibiy bölinmalarida loyihaning kontseptual qoidalari özgartirilganda takroriy ravişda vazirlik tomonidan amalga oşiriladi.
Ilgari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (Vazirlar Mahkamasining 14.02.2005 yildagi 62-son qaroriga ilova) va Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti (Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ–3161-son qaroriga ilova) bilan bunday ekspertiza nazarda tutilgan edi. Biroq Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonlarida loyihaga qayta işlov berilgandan keyin uni ötkaziş majburiy bölmagan.
Bunda NHH loyihasini körib çiqişga kiritiş yoxud uni qabul qiliş uçun Adliya vazirligining xulosasi ijobiy bölişi şart emas (mahalliy davlat hokimiyati organlarining NHH loyihalaridan farqli ravişda, quyiga qarang).
Adliya vazirligi NHH loyihalari ustida işlaşda asosiy örinni egallaydi
18:22 / 17.04.20186 2804 min

















