Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko MDH bilan hamkorlikda Ukrainaga qulay kelishuvlarni saqlab qoladi
Prezident Pyotr Poroshenkoning MDH organlaridan chiqish bo‘yicha taklifi Ukraina uchun Hamdo‘stlik bilan faqat manfaatli bo‘lgan hamkorlik kelishuvlari saqlab qolinishini nazarda tutadi. Bu haqda prezidentning Oliy Radadagi vakili Irina Lutsenko aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Ukrainskaya pravda».
Uning aniqlik kiritishicha, Poroshenko hukumatdan MDH a'zolari bilan barcha kelishuvlar inventarizatsiyadan o‘tkazilishini xohlamoqda, bunda «Ukraina uchun manfaatli bo‘lganlarigina qoldiriladi». Xususan, gap diplomlarni tan olish va ishga joylashtirish, tranzit bo‘yicha shartnoma hamda «Ukraina ishi va iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan boshqa hujjatlar» haqida ketmoqda.
12 aprel kuni Poroshenko «Ukraina hech qachon MDH a'zosi bo‘lmagani, hamda bu tuzilmadan voz kechish orqali Rossiya tajovuzkorligi qoralanishi hisobga olingan holda», hukumatdan Kiyevning tashkilot ta'sis organlaridagi ishtirokini rasman to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlashni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukraina MDHdan chiqayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026