Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov boşçiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Çuntsin şahrida bölib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

20 aprelga qadar davom etadigan uşbu taşrif Toşkent viloyati va Çuntsin şahri munitsipal hukumati örtasida xalqaro, taşqi iqtisodiy, savdo aloqalari, ilm-fan, texnologiyalar, bunyodkorlik, ijtimoiy va madaniy sohalarda hamkorlik örnatiş va döstona munosabatlarni mustahkamlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.


Viloyat hokimi Ğ.Ibragimov boşçiligidagi delegatsiya 17 aprel kuni Xitoy poytaxti Pekin orqali Çuntsin şahriga yetib keldi. Yuqori darajada kutib olingan viloyatimiz delegatsiyasi vakillari şu kunning özida “Çuntsin Gançen” sanoat parki va “Jontia Energy Group Co.LTD” energetik korporatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

Toşkent viloyati delegatsiyasi taşrifning ikkinçi kuni – 18 aprelda öz işini davom ettirib, Savdo-iqtisodiyot forumi va ikki tomonlama uçraşuvlarda qatnaşadi. Şuning kun tartibidan “Xayfu” farmatsevtik kompaniyasi faoliyati bilan tanişiş, Çuntsin meriyasi rahbariyati bilan uçraşuv va özaro hamkorlik böyiça tegişli hujjatlarni imzolaş marosimi ham örin olgan.

19 aprel kuni delegatsiya a'zolari “Zonshen Industrial Group Co.LTD” korporatsiyasi va Çuntsindagi Tszyulupo tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişadi. Şu kuni Tszyulupo tumani va Toşkent viloyati şaharlaridan biri örtasida ikki tomonlama kelişuv imzolanişi ham rejalaştirilgan.

















