Özbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Quyidagilar diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
«jaholatga qarşi ma'rifat» uluğvor ğoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinçlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritiş
va bu sohadagi ilmiy-ma'rifiy faoliyatni jadal taşkil etiş;
islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qöşgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini çuqur örganiş asosida yoşlarning ongu tafakkurini şakllantiriş;
dinni zöravonlik va qon tökiş bilan bir qatorga qöyadigan buzğunçi yot ğoyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa yoşlarning xabardorlik darajasini oşiriş;
jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bölgan ğoyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini şakllantiriş;
jamiyatda bağrikenglik, özaro hurmat, mehr-oqibat, tinçlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaşda diniy-ma'rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va iştirokini yanada oşiriş;
diniy-ma'rifiy taşkilotlarning moddiy-texnika ta'minotini mustahkamlaş, soha vakillari mehnatini munosib rağbatlantiriş va ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş;
globallaşuv şaroitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tuğdirişi mumkin bölgan omillarni barvaqt aniqlaş va oldini olişga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuçaytiriş;
diniy va dunyoviy bilimlar uyğunligini rivojlantiriş asosida ta'lim sifatini oşiriş, diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişning yaxlit tizimini yaratiş.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tuzilmasida 15ta ştat birligidan iborat Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi taşkil etildi.
Markaz Din işlari böyiça qömitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini çuqur tahlil qiliş, diniy-ijtimoiy muhitni barqarorligiga salbiy ta'sir körsatuvçi omillarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş faoliyatini amalga oşiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

















