AQŞning Özbekistondagi elçixonasi Facebook’dagi sahifasida Grin Kard lotereyasidagi takroriy arizalar böyiça ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» (Grin Kard) dasturi qoidalari barça takroriy arizalarning diskvalifikatsiya qilinişini talab etadi. Agar siz dastur ğolibi sifatida saralangan bölsangiz va nomingizdan şu yilgi Grin Kard dasturi uçun birdan ortiq ariza topşirilgani aniqlansa, siz dasturdan diskvalifikatsiya qilinasiz.
«Kelajakda yana dasturda qatnaşiş huquqingiz saqlanib qoladi, biroq nomingizdan faqatgina bitta ariza topşirilişiga işonç hosil qilişingiz lozim. Har doimgidek, er-xotinlarning har biri öz nomidan alohida ariza topşirişi mumkin va arizaning tegişli punktida turmuş örtoqlarining ma'lumotlarini kiritişlari şart», - deyiladi xabarda.

















