Özbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta'minlaş işlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi Özbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi.
Nobiometrik pasportlarini almaştiriş muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilangan bölib, biometrik pasportga ega bölmagan fuqarolar uşbu muddatni kutmasdan doimiy röyxatdan ötgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etişlari va biometrik pasport olişlari mumkin.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida, joylardagi biometrik ma'lumotlarni yiğiş punktlariga jismoniy imkoniyati çeklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uçun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.
“Fuqarolar diqqatiga eslatib ötmoqçimizki, pasporti bölişi şart bölgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bölmagan pasport bilan yaşaş, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinişiga sabab böladi.
Şu sababli biometrik pasportga ega bölmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmatlaridagi biometrik ma'lumotlarni yiğiş punktlariga murojaat etişlari hamda nobiometrik pasportlarni öz vaqtida almaştirişlarini söraymiz”, - deyiladi xabarda.

















