Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko‘proq daromad keltirdi
2017 yil oxirgi choragida iPhone X smartfonlarini sotishdan olingan daromad smartfonlar bozoridagi umumiy daromadning 35 foizini tashkil etgan. Apple smartfonlarining sotilishidan olingan daromad esa Android’da ishlovchi smartfonlar ishlab chiqaruvchi 600 dan ko‘proq kompaniyaning daromadlaridan 5 marta ko‘proq bo‘lgan. Bunday ma'lumotlar Counterpoint Research kompaniyasi tadqiqotida keltirilgan.
Apple flagman smartfoni Android’da ishlovchi qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar olgan daromaddan 3 marta ko‘proq daromad keltirgan. Eng serdaromad 10 ta smartfondan 8 tasi ayfon bo‘lgan: iPhone X’dan keyin 2-o‘rinni iPhone 8, 3-o‘rinni iPhone 8 Plus egallagan. Shuningdek, yetakchi beshtalikka iPhone 7 va 7 Plus, o‘ntalikka iPhone 6, 6S va SE kirgan.
Tadqiqotga ko‘ra, 2017 yil oxirida smartfonlar bozoridagi 86 foiz daromad Apple’ga tegishli.
Apple’ning hisobotiga ko‘ra, kompaniya 2017 yil 4-choragida 52,6 mlrd dollar tushum olgan (ulardan 10,7 mlrd dollari daromad) va 46,7 mln dona ayfon sotgan.
Mavzuga oid
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
18:16 / 19.06.2026