Qirğiziston boş vaziri vazifasini bajaruvçisi Sapar Isakov deputatlar oldida çiqiş qilişni söradi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Payşanba kuni Jogorku Keneş Vazirlar Mahkamasiga işonçsizlik votumi bildirdi. Prezident hukumatni iste'foga çiqariş haqidagi farmonini imzolab bölgan.
Isakov parlament spikeri Dostonbek Jumabekovga xalq deputatlari qarşisida murojaat bilan çiqişni sörab xat yöllagan.
Manbaning aytişiça, Isakovga boş vazir sifatidagi oxirgi sözlarini aytişga imkon berişmagan.
Ayni vaqtda parlament yiğilişi ötkazilmoqda, Sapar Isakov unda qatnaşmayapti.

















