Forbes jurnali rossiyalik eng boy tadbirkorlar reytingini tuzib chiqdi.

Ma'lum bo‘lishicha, reytingda qora metallurgiya, transport infratuzilmasi, logistika bilan shug‘ullanuvchi Vladimir Lisin yetakchilik qilmoqda. Uning boyligi 19,1 mlrd dollarga baholandi.

Foto: Forbes.ru

Ikkinchi o‘rindan qora metallurgiya, rangli metallurgiya, turizm, mashinasozlik bilan shug‘ullanuvchi Aleksey Mordashov joy oldi, u o‘z faoliyati davomida jami 18,7 mlrd dollar ishlab topgan.

Foto: Forbes.ru

Uchinchi o‘rinni gaz, neftekimyoga asosiy e'tiborini qaratuvchi Leonid Mixelson 18 mlrd dollar bilan egalladi.

Foto: Forbes.ru

Kuchli beshlikdan Vagit Alekperov ($16,4 mlrd) va Gennadiy Timchenko ($16 mlrd) ham joy oldi.

Foto: Forbes.ru
Foto: Forbes.ru

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov yangi reytingda 10-o‘ringa munosib ko‘rildi. U qora metallurgiya, telekommunikatsiyalar, internet bilan shug‘ullanishi aytilgan. Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholandi.

Foto: Forbes.ru

Shuningdek, Iskandar Mahmudov reytingning 16-o‘rnida joylashdi. Rangli metallurgiya, mashinasozlik, ko‘mir bilan shug‘ullanuvchi Mahmudov 7,3 mlrd dollarga ega.

Foto: Forbes.ru

Bundan tashqari, “Telegram” asoschisi Pavel Durov reytingning 58-pog‘onasida joylashdi. U 1,7 mlrd dollarga egaligi aytilmoqda.