Bugun, 19 aprel kuni Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta işlaş majmuasining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Majmuaning oçiliş marosimi aynan bugunga töğri kelgani bejiz emas. Şavkat Mirziyoyev bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2016 yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta işlaş majmuasi qurilişini boşlab bergan edi. Ötgan vaqt mobaynida bu yerda ulkan sanoat kompleksi va şaharça bunyod etildi. 

2018 yil 19 aprel kuni uşbu majmuaning oçiliş marosimi böldi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va nutq sözladi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oşirilayotgan işlar sanoatning yetakçi yönalişlarini izçil rivojlantirişga xizmat qilayotganini ta'kidladi. Yoqilği-energetika tarmoğiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta işlaş majmuasi Özbekiston bilan Rossiya hamkorligining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. Muhandis va quruvçilarga minnatdorlik bildirib, korxona jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr Novak öqib eşittirdi.

«Lukoyl»  kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta işlaş majmuasi muhandisi Şahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov sözga çiqdi.

Majmua faoliyatiga start beruvçi ramziy tugma bosildi.

Uşbu sanoat kompleksida yiliga 8,1 milliard kub metr gaz qayta işlanadi. Bu orqali tozalangan tabiiy gaz, gaz kondensati, oltingugurt kabi mahsulotlar işlab çiqariladi. Ikki mingdan ziyod kişi iş bilan ta'minlanadi.

Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod bölgan mazkur yirik loyiha «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida röyobga çiqdi. 114ta quduq kovlanib, gazni yiğiş va qayta işlaş tizimlari qurildi. Bu jarayonda murakkab texnik yeçimlar, ilğor texnologiyalar qöllanildi. Yöllar, terminallar, magistral gaz quvuri, elektr, suv tarmoqlari va boşqa infratuzilma obektlari barpo qilindi.