Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Davron Nazarmuhamedov turkiyalik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Axmet Avshar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Uchrashuvda D.Nazarmuhamedov respublika ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan tub islohotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tizimga joriy etilishi yuzasidan mehmonlarga ma'lumot berdi. A.Avshar ham o‘z o‘rnida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha Turkiya Ichki ishlar vazirligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrifning ikkinchi kuni tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish tizimining ta'lim sohasidagi hamkorlik hamda xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik mexanizmini yaratishga qaratilgan takliflarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan hukumatlararo xalqaro shartnomalar loyihasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga ham tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026