Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoroga taşrifi çoğida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xöjalik birlaşmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yiğiliş ötkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda joriy yilning 16-17 fevral kunlari davlatimiz rahbarining viloyatga taşrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

«Ma'lumki, öşanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantiriş, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlari taşkil etiş, mahalliylaştiriş darajasi va eksport hajmini oşiriş, sayyohlar oqimini köpaytiriş, qişloq xöjaligini tarkibiy özgartiriş, yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar quriş böyiça köplab topşiriqlar berilgan edi. Buning uçun zarur mablağ va resurslar ajratildi», deyiladi xabarda. 

Yiğilişda mazkur yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilingan. Muddatidan keçikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar körsatib ötilib, buning sabablari muhokama etilgan.

Şavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni bajarişda sustkaşlikka yöl qöyayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barça rejalar ijrosini öz vaqtida va sifatli ta'minlaş, «aravasini tortolmagan» rahbarlarga nisbatan qat'iy çoralar köriş böyiça topşiriqlar berdi.