TamTam messenjeri App Store va Google Play Özbekiston reytingida yetakçilikni öz qöliga oldi. Bundan AppAnnie ma'lumotlari darak bermoqda.
Xususan, 19 aprel kungi holatga köra, ilova ham App Store’da, ham Google Play’da yuklab olişlar soni böyiça birinçi öringa kötarildi va «Yandeks.Taksi», Telegram, imo, Instagram hamda WhatsApp’ni ortda qoldirdi.
TamTam uç kun içida Özbekiston reytinglarida 60-80 poğonaga yuqoriladi.
Bundan taşqari, Özbekiston aholisi Google'da TamTam’ni eng köp qidiruvçi davlatlar reytingida ikkinçi öringa kötarildi.
TamTam nafaqat Özbekiston va Rossiyada maşhurlaşmoqda, balki Eronda ham şunday vaziyat kuzatilmoqda – u yerda ham Telegram muloqot qilişning asosiy vositasi edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda iOS foydalanuvçilari TamTam messenjerini yuklab olişni boşlagani xabar berilgandi.
KUN.UZ saytining TamTam messenjeridadagi kanali: https://tt.me/kunnews

















