Ma'lumki, sud majlisi iştirokçilariga qulayliklar yaratiş maqsadida 2014 yil 1 sentabrdan iqtisodiy sudlarda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimi orqali ötkaziş amaliyotining yölga qöyilgani ijobiy samarasini berib kelmoqda.

Videokonferentsaloqa rejimini jinoyat, ma'muriy va fuqarolik işlarini körişda ham qöllaşni yölga qöyiş maqsadida 2017 yil 24 iyunda Oliy sud Plenumining "Fuqarolik, jinoyat va ma'muriy işlarni körişda sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimida ötkazişning ayrim masalalari töğrisida" qarori qabul qilindi.

Prezidentimizning 2017 yil 30 avgustdagi "Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorida ham barça sudlar faoliyatiga videokonferensiya rejimida işlarni köriş tizimini tatbiq etişga alohida e'tibor qaratilgan.

Sud majlislarini videokonferentsaloqa tizimi orqali ötkaziş - boşqa hududda joylaşgan sud iştirokçilari şu sudga kelmasdan özlari yaşaydigan joydagi sudning binosida videokonferentsaloqa tizimi orqali sud majlisida iştirok etiş imkoniyatiga ega bölişi bilan ahamiyatlidir.

Hozirda jinoyat işlari böyiça viloyatlar va ularga tenglaştirilgan sudlarda sud majlislarini videokonferentsaloqa tizimi orqali ötkaziş imkoniyatini beruvçi barça zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari örnatilgan. 

Sohadagi bu yangilik sud protsessi iştirokçilariga katta qulaylik yaratdi. 

Bugungi kunda boşqa viloyatdagi sud majlisiga boriş, buning uçun sarf-xarajat qiliş, ortiqça vaqt yöqotiş kabi taşvişlar deyarli barham topdi.

Jinoyat işlari böyiça sudlarda videokonferentsaloqa tizimi işga tuşgan kundan buyon jami 55 ta sud majlisi uşbu tizim orqali körib çiqildi. 249 nafar sud iştirokçilari özlari joylaşgan hududlardan çiqmagan holda videokonferentsaloqa orqali sud protsesslarida qatnaşdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.

Jumladan, jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudining 
2017 yil 21 apreldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) va 244-2 moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlangan K.Hamidovning himoyaçisi  X.Şomurodova mahkumga nisbatan oğir jazo tayinlangani, sudlanganning yaşaş joyidagi mahalla fuqarolar yiğini faollari ham unga tayinlangan jazoni yengillaştiriş masalasida iltimosnomalar berganligi töğrisida Oliy sudga nazorat tartibida şikoyat bilan murojaat qilgan.