1 noyabrga qadar Toşkentda pasportlarni ID-kartalar bilan almaştiriş böyiça sinov loyihasi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oşiriş va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalaşuvining taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilişiça, mavjud pasportlar, tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar va şaxsni tasdiqlovçi boşqa guvohnomalar (respublika içida) tizimi örniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) tizimi joriy etiladi. Unda har bir fuqaro uçun yagona identifikatsiya raqami, uning şaxsiy ma'lumotlari va davlat xizmatlarini olişda şaxsni aniqlaş uçun işlatiluvçi boşqa ma'lumotlar böladi. Haydovçilik guvohnomasi bundan mustasno.

1 iyulga qadar loyihani moliyalaştiriş böyiça takliflar kiritiladi, 1 avgustgaça uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor böladi.

1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan taşqari mablağlar hisobidan Toşkentda sinov rejimida işga tuşiriladi.