Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘q otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari boshlandi
Andijon shahridagi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘q otish sport majmuasida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqalari boshlandi.

To‘rt kun davom etadigan bahslarda barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jami 110 nafar sportchilar bellashadi. Musobaqa davomida qizlar o‘rtasidagi pnevmatik miltiq(VP-6) va pnevmatik to‘pponcha(PP-3)dan o‘q otish hamda o‘g‘il bolalar o‘rtasida pnevmatik miltiq(VP-6) va pnevmatik to‘pponcha(PP-3)dan o‘q otish yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlanadi.
19 aprel kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng sportchilar bahslarga kirishdilar.

Turnir O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etildi. Undan ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida sportning olimpia turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII – yozgi olimpiada o‘yinlariga sportchilarni tayyorlab borishdan iboratdir.



KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
14:12 / 31.01.2026
Toshkent va Andijonda yer maydonlari bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi
13:06 / 21.10.2025