Bugun, 19 aprel kuni Qirğiziston parlamenti deputatlari boş vazir Sapar Isakovga işonçsizlik votumini e'lon qilişdi. Davlat rahbari esa uni qabul qildi. «Ata Meken», «Respublika — Ata Jurt» va «Onuguu-Progress» fraksiyasi deputatlari Vazirlar Mahkamasi iste'fosining taşabbuskori bölişdi.
«24.kg» axborot agentligi 2010 yil aprel oyida yuz bergan inqilobdan söng, qirğiz hukumati rahbarlarining barça iste'folari sabablariga töxtalib ötdi.
Sapar Isakov (2017 yil avgust – 2018 yil aprel)

2017 yil avgust oyida 40 yoşli Sapar Isakov boş vazir qilib saylandi. Bir neça dadil, ammo amalga oşmay qolgan loyihalar bilan esda qoldi. Ularning orasida «Taza koom», «Tunduk» va «Aqlli şahar» loyihalari ham bor.
Sapar Isakov korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini barpo qilişga va'da bergan edi. Ammo 6 oy muddat davomida uni yölga qöyiş amri mahol ekanini ta'kidladi. Natijada Qirğiziston deputatlari tarixda ilk marotaba hukumatga işonçsizlik votumini e'lon qilişdi.
Sooronboy Jeenbekov (2016 yil aprel – 2017 yil avgust)

2016 yil aprel oyida prezident apparati rahbarining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelgan Sooronboy Jeenbekov boş vazir qilib saylandi.
2017 yil yozida, SDPK qurultoyida u prezident lavozimiga yagona nomzod qilib körsatilganidan söng, iste'foga çiqdi. 15 oktabrda Sooronboy Jeenbekov prezident saylovida ğalaba qozonib, Qirğiziston rahbariga aylandi.
Temir Sariyev (2015 yil may – 2016 yil aprel)

Temir Sariyev 2015 yil may oyida boş vazir lavozimini egalladi. Bir yildan söng, iste'fo haqida e'lon qildi. U avtomobil yöllarini qayta ta'mirlaş böyiça ötkazilgan tender bilan boğliq mojarodan söng, şunday qilişga majbur böldi.




















