2018 yilning I çoragida prokuratura organlariga kelib tuşgan murojaatlardan 72.292tasi hal etilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanişi ta'minlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Prokuratura organlari xodimlari tomonidan 65.855 nafar, şundan bevosita Boş prokuratura rahbariyati tomonidan 634 nafar fuqaro qabul qilindi.
Şu bilan birga, hududlarga çiqib fuqarolarni sayyor qabul qilişga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona va Xorazm viloyatlarida taşkil etilgan sayyor qabullar davomida Boş prokuror tomonidan 291 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning uzoq vaqtdan buyon yeçimini topmay kelayotgan turli muammolari hal etilişi ta'minlandi.
Xususan, qabullar natijasida 24 nafar şaxs iş bilan ta'minlandi, faoliyatni taşkil etiş yoki yanada rivojlantiriş va şu asosda qöşimça iş örni yaratiş uçun 38,2 gektar yer maydoni, 2,8 mlrd. söm kredit mablaği va zarur texnika vositalari ajratildi.
Şuningdek, 2 nafar şaxs uy bilan, 8 nafar şaxs nogironlik aravaçasi bilan ta'minlandi, 5 nafar fuqaroga uy-joy ajratilişi uçun hujjatlar rasmiylaştirildi, qarzdorlardan 281 mln. söm undirildi, 4 ta mahalla fuqarolar yiğinida elektr transformatorlar örnatilib, 2.300 metr elektr liniyasi va 255 metr suv tarmoği tortildi.
Qöpol qonun buzilişi holatlari böyiça 3 ta jinoyat işi qözğatildi.
Masalan, B.Tojiyevning murojaati böyiça ötkazilgan tekşirişda, Qöqon şahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ma'lumotlarni soxtalaştirib, «Oqjar porloq kelajagi» MÇJda tekşiriş uyuştirganliklari aniqlanib, jinoyat işi qözğatildi.
Bundan taşqari, Boş prokuratura tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini bevosita quyi prokuratura organlarida hamda boşqa davlat idoralarida hal etilişi ustidan ham tizimli nazorat örnatilgan.
















