Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya parlamenti yig‘ilishida hukumat ramzi o‘g‘irlandi (video)
Nigeriya parlamentida senat yig‘ilishi vaqtida noma'lum kimsalar kirib, mamlakatdagi qonunchilik hukumati ramzi bo‘lgan buyumni olib qochishdi. O‘g‘irlik videosi YouTube'ning Premium Times Nigeria kanaliga joylandi.
Senat bu atributsiz yangi qonunlarni qabul qila olmaydi. Biroq Reuters agentligining ma'lum qilishicha, voqea ro‘y berganidan 15 daqiqa o‘tib, yig‘ilish davom ettirilgan, zero o‘g‘irlangan ramz o‘rniga zahiradagisi olib kelingan.
Senat spikerining ma'lum qilishicha, taxminiy buyurtmachi vazifasidan chetlatilgan deputat Ovi Omo-Agege bo‘lgan. Sobiq deputat voqeaga izoh berishdan bosh tortgan. Biroq o‘zining Twitter'ida politsiya bilan suhbat qilgani va hibsga olinmagani haqida yozgan.
Nigeriya hukumat ramzining o‘g‘irlanishi yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda. "Aniq xulosaga kelmagunimizcha gumondorlarning ismlarini oshkor qila olmaymiz", - dedi politsiya vakillaridan biri.
Mavzuga oid
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
07:36 / 04.12.2025
Beninning qadimgi devorlari: kosmosdan ham ko‘rinadigan ulkan inshootlar
09:55 / 23.11.2025
Nigeriyada jangarilar 300 dan ortiq bolani o‘g‘irlab ketdi
16:17 / 18.11.2025