Jahonga maşhur Pegasus aviakompaniyasi loukosterlik yönalişida bir neça davlatlarda faoliyat yuritib keladi. Turizmni rivojlanişida muhim örin tutadigan loukoster aviakompaniyalarining xizmatlaridan, asosan, sayyohlar foydalanişadi. Pegasus Özbekistonda ham loukoster aviakompaniyasini taşkil etiş niyatida. Bu haqda Pegasus aviakompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Ali Sabanji va aviakompaniya prezidenti Mehmet Nanelar Global Tadbirkorlik Kongresida iştirok etayotgan Özbekiston Innovatsion Rivojlaniş vazirligi vakillari bilan uçraşuv çoğida ma'lum qildi.

Suhbat davomida Ali Sabanji tarixi boy, diqqatga sazovor joylari bisyor bölgan Özbekistonda turizmni rivojlantiriş borasida öz takliflarini berdi. Şuningdek, Özbekiston Innovatsion Rivojlaniş Vazirligi vakillari Pegasus rahbariyatini Özbekistonga taklif etarkan, tegişlik vazirlik, taşkilotlar bilan uçraşuvlar taşkil etişda kömaklaşiş, biznes takliflarni hayotga tatbiq etiş borasida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bayon qilişdi.
Öz navbatida, Özbekiston Innovatsion Rivojlaniş Vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etiş boşqarmasi boşliği Bekzod Hamzayev Pegasus rahbarlariga Özbekistonda yangi tuzilgan vazirlik haqida ma'lumot berarkan, uning maqsad va vazifalari haqida sözlab berdi. Uçraşuv davomida Pegasus loukoster kompaniya rahbari Ali Sabanji va Mehmet Nanelar Özbekistonda turizm va aviakompaniyalar rivoji uçun strategiya işlab çiqiş zarurligini va unda faol iştirok etişlarini ma'lum qilişdi.















