Özbekiston Respublikasi IIV YHX Boş boşqarmasi Özbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almaştirilişi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Bugun, 20 aprel kuni internet naşrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda avtomototransport vositalari uçun amaldagi davlat raqam belgilari almaştirilişi töğrisida turli ma'lumotlar tarqaldi.

Yuqoridagilarga asoslanib quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovçilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 116-sonli qaroriga asosan avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomalarni röyxatdan ötkaziş va hisobga oliş tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişni samarali taşkil etiş maqsadida 2017 yilning oktabr oyidan avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomaning yangi namunasi joriy etildi. 

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi «Avtomototransport vositalari uçun röyxatdan ötkaziş davlat raqam belgilarining yangi namunalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisidagi» 131-sonli qaroriga asosan hozirgi kunda amalda bölgan avtomototransport vositalari uçun milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va standartlarga muvofiqligini ta'kidlaş joiz.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 18 aprel kuni tasdiqlangan PQ-3673-sonli «Investitsion loyihalarni amalga oşiriş va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalaşuvining taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan transport vositalariga tegişli qoğoz hujjatlarni, uşbu hujjatlardagi barça ma'lumotlarni transport vositalari egalarining ID-kartalariga kiritgan holda bekor qiliş, amaldagi davlat raqam belgilarini xalqaro namunadagi davlat raqam belgilariga almaştirişni közda tutuvçi, transport vositalarini hisobga oliş tizimini yaratiş böyiça tegişli vazirlik va idoralarning taklifi ma'qullangan. Bundan körinib turibdiki, respublikamiz hududida transport vositalarini hisobga oliş tizimini yaratiş, uşbu sohaga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça bosqiçma-bosqiç faoliyat olib borilmoqda. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida esa faqatgina transport vositalarini hisobga olişning zamonaviy tizimini yaratiş haqida söz yuritilmoqda», deyilgan Özbekiston Respublikasi IIV YHX Boş boşqarmasining «Kun.uz»ga yöllagan rasmiy javobida.