BMT Ukraina aholisiga gumanitar yordam uchun pul yetishmayotganini ma'lum qildi
BMT gumanitar agentliklari joriy yilda Ukraina janubi-sharqi aholisiga yordam ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan mablag‘larning faqatgina 3 foiziga ega. Bu haqda BMTning Ukraina bo‘yicha gumanitar dasturlari muvofiqlashtiruvchisi Nil Uolker ma'lum qilgan.
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, mamlakat aholisiga yordam uchun 187 mln dollar zarur. Tashkilot butun summani haligacha olmadi.
«Men bugun barcha a'zo davlatlarni Ukrainadagi mojarodan jabr ko‘rganlar bilan birdam bo‘lishga va 97 foiz mablag‘ yetishmovchiligiga darhol reaksiya bildirishga chaqiraman. Men mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni xalqaro gumanitar huquqni rioya etish uchun choralar ko‘rishga chaqirishda davom etaman. Oddiy aholi vakillari va fuqarolik infratuzilmasi himoyalangan bo‘lishi zarur», - deya aytib o‘tdi Uolker.
Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro 4,4 mln kishining hayotiga ta'sir ko‘rsatdi, ulardan 3,4 millioni yordam va himoyaga muhtoj bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rada tomonidan Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini «Donbass va Qrim uchun signal» deb atagandi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024