Yerevanda Serj Sargsyanning boş vazir etib saylanişiga qarşi norozilik aksiyasida qatnaşgan va qölga olingan namoyişçilar soni 102 kişiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» politsiya matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«Ayni damda Yerevan politsiya bölinmalariga 102 kişi olib kelindi», - deya ma'lum qilişgan matbuot xizmatidan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yerevanda yana ommaviy qölga olişlar röy berayotgani xabar qilingandi.

Armaniston yangi boş vaziri Serj Sargsyan özining tayinlanişiga qarşi bölgan norozilik namoyişlari yetakçisi Nikol Paşinyanni muloqotga çaqirdi. Uning ta'kidlaşiça, hukumat fuqarolarning tinç aksiyalarga bölgan huquqini har doim hurmat qilgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi, biroq röy berayotgan jarayonlar taxmin qilib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi mumkin.