Amerikalik geologlarning fikriça, AQŞning Ğarbiy sohilidagi Xeyvord yoriği San-Andreas yoriği kabi ma'lum bölgan, Tinç okeani va Şimoliy Amerika plitalari örtasidagi uzunligi 1,3 ming km bölgan yoriqdan köra kuçli zilzilaga sabab bölişi mumkin. Ta'kidlanişiça, Xeyvord yoriği San-Pablo körfazining janubiy qismidan Frimont şahrigaça çözilgan.  

AQŞ geologik xizmati ma'ruzasida aytilişiça, agar Rixter şkalasi böyiça kuçi 7-8 ballga baholanayotgan bunday zilzila yuz beradigan bölsa, uning birinçi daqiqalari kamida 800 kişi halok bölişi va 18 ming kişi jarohat olişi mumkin. 

Foto: latimes.com

Geofizik Ken Xudnutning aytişiça, elektr tarmoqlar va boşqa kommunikatsiyalar vayron bölişi oqibatida yonğinlar boşlanadi. Ular 52 mingta uyning kulini kökka sovuradi. Yorilgan quvurlar sababli suvning bölmasligi öt öçiruvçilar işini qiyinlaştirib, vaziyatni yanada oğirlaştirişi mumkin. 

HayWired ssenariysi böyiça, vayron bölayotgan binolardan 2,5 ming kişi jabrlanişi, liftlar esa 22 ming kişi uçun qopqonga aylanişi mumkin. 400 ming kişi öz uyini tark etadi, içimlik suvi bilan muammolar 6 oy davom etadi. 100 mingga yaqin inşoot yaroqsiz holga keladi, 390 mingtasiga esa jiddiy şikast yetadi.

Geologlar uşbu kuçli zilzila xavfini “belgilangan vaqtda portlaydigan tektonik bomba” deb ataşmoqda va favqulodda xizmatlarni uning oqibatlarini bartaraf etişga tayyor turişdan ogohlantirişmoqda.

Olimlar falokat bir neçta yirik şahar, jumladan Los-Anjyeles, Palo-Alto, Oklend, Riçmond va San-Frantsiskoni qamrab olişi mumkinligini aytişgan.