Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Championat.asia saytiga bergan intervyusida Vadim Abramov va Samvel Babayan haqidagi fikrlarini aytdi.

Ma'lumki, Abramov nomuayyan muddatga, Babayan esa umrbod futboldan çetlatilgan edi.

«Vadim Abramov yomon işlamagan. Ammo uning özi nima xato qilganini juda yaxşi tuşunadi. Kim nima qilgan bölsa ham, bu unga hamma narsa mumkin degani emas. Abramov misolida buni qolganlar ham tuşunib olişi kerak» - dedi Ahmadjonov. 

«U kabi mutaxassislarni çetga çiqarib, biror nima yutmaymiz. Abramov futboldagi bilimlarini kimgadir örgatişi, qaysidir klub bilan işlaşi, muvaffaqiyatga erişişi mumkindir. Bemalol. U futbolga qaytadi, aniqroği, biz uni futbolga şunçaki duşman qilib qöya olmaymiz. Çunki hayotining katta qismini şu sohaga bağişlagan. Aksinça, undan örganiş mumkin bölgan jihatlar bormi, marhamat, örgatsin, şogirdlar orttirsin, futbolçilar yetiştirib çiqarsin. Biz uni erkin fikrlari uçungina çetga çiqarib qöymadik.

Ayni paytda futbolda faoliyat olib borayotganlar bir narsani yaxşilab bilib olsin. Qaysidir murabbiyda, qaysidir futbolçida yoki rahbarda qinğirlik, korrupsiya holati yoki qandaydir boşqa jinoyat körinsa, ular endi qonun oldida javob beradi. Heç kim öz manfaatini klubnikidan, muxlislarnikidan ustun qöymaydi. Prezidentimizdan şunday topşiriq bor, buyoğiga davlat pulini, xalq pulini kimdir yeb ketişiga yöl qöya olmaymiz. Şuningdek, kimdir totalizator kompaniyalari orqali pul işlab oliş maqsadida futboldan, futbolçilardan foydalanayotganini sezib qolsak, ularga ham jiddiy çoralar köriladi. 

Biz futbol böyiça çora köramiz, qolgani bilan prokuratura şuğullanadi. FIFA aytgan, futbolga heç kim aralaşa olmaydi, deb öylaşmasin. Öz-özidan taşqi ta'sir futbolga burun suqmaydi, biroq biz uning içidagi qurtlarni quritiş uçun harakat qilamiz. Öşa FIFAni boşqargan amaldor insonlar vaqti kelib javob berayotganini hamma körib, bilib turibdi.

Yaqin orada Abramovning işini Ijroqöm qayta körib çiqadi. Abramov öz tajribasi bilan Özbekiston futboliga foyda keltirişni istasa, unga imkoniyat beriladi» - deb qöşimça qildi Ahmadjonov.

«Babayan borasida pozitsiyamiz özgarmaydi. Milliy terma jamoadan öz manfaati yölida foydalangan deb hisoblaganimiz uçun ham yaqin orada özbek futboliga qaytarişni rejalaştirayotganimiz yöq. ÖFA qarori faqat biz uçun amalda böladi. Xalqaro miqyosda esa omadini bersin. Endi bizning futbol faqatgina bir insonga qarab qolmaydi, faqat bir kişi hammasini özi xohlagança hal qilib taşlamaydi. Hamma bir yoqadan boş çiqarişga intiladi. Şuningdek, nasib bölsa, mundialdan söng, xorijlik tajribali mutaxassisni ham Özbekistonga olib kelamiz» - dedi Ahmadjonov.