Toşkent şahrining Muqimiy va Qatortol köçalari tutaşgan qismi çorrahaga aylantiriladi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği, polkovnik Barat Mamenov matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uning bildirişiça, ayni vaqtda YHXB huzuridagi maxsus guruh Toşkent şahridagi yöl belgilari, svetoforning taqiqlovçi işoralari, şuningdek yöllarning loyihalaştirilişi bugungi kun talablariga qançalik javob berayotganini örganmoqda. Şunday örganişlarning natijasidan biri sifatida Muqimiy va Qatortol köçalari tutaşgan (Sport mollari dökoni) qismi avvalgi holiga qaytariladi va çorraha orqali harakatlaniş yölga qöyiladi. 

Ma'lumki, 2016 yil uşbu yölni ta'mirlaş çoğida svetoforli çorraha tugatilgan va uzluksiz harakatlaniş yölga qöyilgan edi. Keyinçalik, bu yerga svetoforlar örnatildi. Şunga qaramay, Muqimiy köçasining şu qismi eng tirbandlardan biri bölib qolmoqda. 

Barat Mamenovning sözlariga köra, Toşkent şahrida 49 ta çorraha eng tirband çorrahalar hisoblanadi. Ertalabki va keçki tiğiz vaqtlarda ayni şu çorrahalarga YPX xodimlarini qöşimça jalb qilişga alohida e'tibor beriladi.