«Roskomnadzor» Google'ning qator IP-manzillari bloklanişiga doir xabarni tasdiqladi. Bu haqida idoraning «VKontakte»dagi sahifasida ma'lum qilindi.

«Roskomnadzor»da bunday çoralar haqiqatda Telegram messenjeri bloklanişi bilan boğliq ekani tan olindi.

«Bugunga kelib Google «Roskomnadzor»ning talablarini qoniqtirmadi va sud qarorini buzib, Telegram Messenger Limited Liability Partnerşip'ga Rossiya hududida faoliyat yuritiş uçun öz IP-manzillaridan foydalaniş imkonini bermoqda», - deya izoh berildi idorada.

Idorada şuningdek Telegram'ning Rossiyada faoliyat yuritişiga imkon berayotgan qator IP-manzillar reyestrga kiritilgani qöşimça qilindi. 

Bundan avval rossiyalik foydalanuvçilar Google saytiga kirişda muammolarga duç kelayotgani haqida xabar berilgan edi.