Polşaning Skyshelter.zip kompaniyasi özining yiğiluvçi origami-osmonöpar bino loyihasi bilan eVolo osmonöpar binolar kontseptlari tanlovida ğolib böldi. Bu haqda eVolo saytida aytilgan.

Yiğiluvçi osmonöpar bino tabiiy ofatlar – dovul, toşqin va zilzilalardan jabr körganlarga möljallangan. Binoni kerakli joyga örnatiş uçun vertolyotlar kerak böladi. Şundan keyin bino tomi ostida geliyli ballon şişiriladi va buning natijasida butun konstruksiya qad rostlaydi. Osmonöpar bino içida yotoqxonalar va tibbiy xonalarni joylaştiriş mumkin. Bino uning vertikal devorlaridagi quyoş batareyalari evaziga elektr energiya bilan ta'minlanadi.   

Loyihaga köra, inşoot joyni egallamasligi va qolgan jabrlanganlar uni uzoqdan payqay olişlari uçun köp qavatli bölişi kerak.

Aytiş joizki, hozirda taniqli bölgan arxitektorlarning köpçiligi öz faoliyatlarini aynan turli tanlovlardagi ğalabalardan boşlaşgan.