Miya çayqalişi va boşqa jarohatlarning uzoq muddatli asoratlari amerikalik olimlarni ançadan beri qiziqtirib keladi. Bunga amerikaça futbolning maşhurligi ham sabab böldi. Milliy futbol ligasi tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar liganing xavotirlarini tasdiqladi va butun dunyoni ogohlantirdi: hatto birgina miya çayqalişi ham Parkinson kasalligi rivojlanişi xavfini oşirar ekan.
Neurology jurnalida taqdim etilgan tadqiqotda Veteranlar soğliğini saqlaş boşqarmasi ma'lumotlaridan foydalanildi. Uşbu ma'lumotlar asosida keyinçalik umri davomida Parkinson belgilari kuzatilgan kişilarning miyasi faoliyati bilan boğliq muammolar taqqoslandi. Tadqiqotlar natijasiga köra, ilgari miya çayqalişidan şikoyat qilgan Parkinson kasalligidan aziyat çekuvçi kişilar sonining keskin oşgani aniqlangan.
"Jangovor xatti-harakatlar veteranlari orasida miya çayqalişi hatto demografik, psixiatrik va boşqa kasalliklar omiliga tuzatiş kiritgandan keyin ham Parkinson kasalligi xavfining 56 foizga oşişiga olib keladi", - deb yozişmoqda olimlar. - Bu esa miya çayqalişi profilaktikasi, ularga yöliqqan kişilarni uzoq muddatli nazorat qiliş va bemorlar uçun xavf omillarini aniqlaş mexanizmining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi".
Har yili ön millionlab kişilarga miya çayqalişi taşxisi qöyiladi, qançasi esa taşxis ham qilinmaydi...
Umuman olganda, Parkinson kasalligi rivoji xavfi hozirça u qadar yuqori emas. Şunday bölsa-da, tadqiqot mualliflari jamoaviy sport va hatto yakkakuraş bilan şuğullanadigan kişilarning hayoti davomida takroriy miya çayqalişlari ularning kelajagiga ta'sir qilişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda. Özingiz va miyangizni asrang!














