AQŞ, öz bayonotlariga qaramay, Suriya hududini tark etişni möljallayotgani yöq. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ŞHT TIV rahbarlari majlisi yakunlari böyiça ma'lum qildi.
«Qator mamlakatlar Suriyani butunlay bölib taşlaşga harakat qilmoqda. Qöşma Ştatlar bizni yagona maqsadi – Suriyadan terrorçilarni haydab yuboriş, IŞIDni mağlub etiş ekani haqida işontirgandi», - deya aytib ötdi u.
Lavrovning körsatişiça, AQŞ yetakçisi Donald Trampning bayonotlariga qaramay, «aslida Qöşma Ştatlar Frot şarqiy qirğoğida faol ravişda örnaşmoqda va u yerdan ketişni rejalaştirayotgani yöq».
«U yerda mahalliy hokimiyat organlarini yaratişmoqda, ularni bunda, darvoqe, Fransiya prezidenti ham rağbatlantirmoqda», - deya qöşimça qilib ötdi vazir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ğarb davlatlarining Suriyaga hujumi Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot (KQTT) ekspertlari işiga xalaqit berişga yönaltirilgan bölgani haqida ma'lum qilgandi.












