France Football nashri 2010 yilda «Oltin to‘p»ni Lionel Messi olgani uchun «Barselona» sardori Andres Inestadan uzr so‘radi.
33 yoshli futbolchining Xitoyga ketishiga bag‘ishlangan maqolada, jurnal tahririyati 2010 yilda yuz bergan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Messining g‘alaba qozonganini «demokratik anomaliya» deb baholadi.
Biroq, nashr Inestani jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, shu yilning o‘zidayoq «Oltin to‘p» uchun kurashishiga umid bildirdi.











