Islom Karimov nomidagi fond ta'sis etgan xorijda tahsil grantlarining navbatdagi ğoliblari e'lon qilindi. Ular magistratura dasturi böyiça çet el oliy öquv yurtlarida ta'lim oliş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Bu haqda fond asosçisi Lola Karimova-Tillayeva xabar berdi. Uning qayd etişiça, tanlov ötgan yil oktabrda e'lon qilingan bölib, unda Özbekistondagi 39ta oliy öquv yurtining 320 nafardan ortiq bitiruvçisi iştirok etdi.
Tanlov yakuniga köra quyidagi yigit-qizlar fondning 2018 yilgi ta'lim grantlari sohibi böldi:
1. Şamsiddinxon Safoyev (Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvçisi).
2. Izzatjon Asadov (Toşkent şahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvçisi).
3. Muzaffar Maksumov (Özbekiston Milliy universiteti bitiruvçisi).
4. Dadaxon Örmonov (Farğona davlat universiteti bitiruvçisi).
5. Nuriddin Burxonov (Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvçisi).
6. Axmadjon Islambekov (Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvçisi).
7. Axrorjon Abduqaxxorov (Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvçisi).
8. Gulyuzbonu Ruziboyeva (Toşkent Arxitektura-quriliş instituti bitiruvçisi).
9. Aleksandra Kim (Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvçisi).
10. Farxod Rixsiyev (Toşkent Arxitektura-quriliş instituti bitiruvçisi).
11. Stefaniya Abbasova (Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvçisi).


Tanlov qayta tiklanuvçi energiya manbalari, kimyo, suv va yer resurslarini boşqariş, maşinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulot işlab çiqariş va marketing, arxitektura, şaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etiş va qayta tiklaş, dizayn, mahsulot dizayni, sanoat va me'morçilik dizayni, rassomlik kabi 13 ta mutaxassislik böyiça ötkazildi.


















