Checheniston rahbari Ramzon Qodirov nikohni FHDYoda qayd ettirishni oilani buzish yo‘lida «qonunan qo‘yilgan birinchi qadam» deb atadi. Bu haqda u «Rossiya 24» telekanali efirida ma'lum qilgan.

«FHDYo nima uchun kerak? Ular ajrashganda, mulkni bo‘lib olishi uchun. FHDYo – bu oilani buzish yo‘lida qonunan qo‘yilgan birinchi qadamdir», - deya aytib o‘tgan Qodirov.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, ko‘p xotinlikka ruxsat berish to‘g‘risidagi masalani qonunchilik darajasiga olib chiqishni rejalashtirmayapti.

«Buni qonunchilik darajasida kim muhokama qiladi? Biz dunyoviy davlatda yashayapmiz. Buni Davlat dumasiga kiritish yoki ular qonunni qabul qilishi kerakligi haqida hech kim gapirayotgani yo‘q. Lekin agar sevsang, uylan. Imkoniyating bo‘lsa, oilangni boq», - deya qayd etib o‘tgan Qodirov.