Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya KQTTda Britaniyadan Skripal ishi bo‘yicha javoblarni oldi
Rossiyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdagi doimiy vakolatxonasi Britaniya tomoni Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi ishi bo‘yicha savollarga javob taqdim etganini xabar berdi. Bu haqda TASS ma'lum qilmoqda.
«Kecha kechqurun doimiy vakolatxona Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Texnik kotibiyati orqali Britaniya tomonidan javoblarni oldi. Ayni damda biz olingan materiallarni o‘rganmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi missiya vakili.
Vakolatxonadagilar javoblar haqida batafsil ma'lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh faqat Rossiya Skripalni zaharlashdan manfaatdor bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026